Murojaatlar statistikasi

Nashr uchun talqin

JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARINI KO'RIB CHIQISH HOLATI
(2022-yil 31-mart holatiga)

"Mikrokreditbank"ga aholi va tadbirkorlar tomonidan elektron, yozma va Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish holati:

2021-yil avgust

2021-yil sentabr

2021-yil oktabr

2021-yil noyabr

2021-yil dekabr

2022-yil yanvar

2022-yil fevral

2022-yil mart

2022-yil aprel

2022-yil may

2022-yil iyun

2022-yil iyul

 

2022-yil I yarim yillik

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi telefoni: +998 71 207-46-52 (ichki 1299)

Ishonch telefoni: +998 71 202-99-99
    
Yozma elektron pochtalar uchun: e-mail:
info@mikrokreditbank.uz

 Murojaatlar bilan ishlash borasida 

2022-yil yanvar oyi yakunlari toʼgʼrisida

Oʼtgan 2022-yil yanvar oyida murojaatlar bilan ishlash, ularning sonini kamaytirish va oʼsishini oldini olish, muddatida koʼrib chiqilishini taʼminlash borasida zaruriy choralar koʼrib borildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar oyida bank Bosh ofisiga jami 623 ta murojaatlar kelib tushgan boʼlib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 278 taga yoki 31 foizga kamaydi.

Xususan, joriy yilning yanvar oyida oʼtgan yilning mos davriga nisbatan imtiyozli kredit ajratilishi bilan bogʼliq murojaatlar 351 taga yoki 50 foizga kamaydi. Bankka kelgan murojaatlarning 488 tasi Prezident virtual va Xalq qabulxonalari orqali yuborilgan.

Bank Bosh ofisiga barcha instantsiyalar orqali kelib tushgan murojaatlarning 57 foizi imtiyozli, 13 foizi bank xodimlarining hatti-harakatlari, 9 foizii boshqa kreditlar ajratilishi va 5 foizi kredit muddatini uzaytirish va 16 foizi boshqa masalalarni tashkil qildi. Shu bilan birga, bank Boshqaruvi tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar bilan doimiy ravishda shaxsiy va sayyor qabullar tashkil etilib, murojaat qiluvchilar koʼtargan masalalarini joyida hal qilish yuzasidan choralar koʼrib borilmoqda.

 

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 2022-yil mart oyida murojaatlar bilan ishlash toʼgʼrisida

  Bank Bosh ofisi va quyi boʼlinmalarida oʼtgan yanvar-mart oyida murojaatlarni oʼz vaqtida koʼrib chiqilishini tashkil qilish hamda tizimli kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli choralar koʼrib borilmoqda.

  Oʼtgan yanvar-mart oyida bank Bosh ofisiga jami 1724 ta, shundan mart oyida 501 ta murojaat kelib tushgan.

 Xususan, joriy yilning mart oyida Prezident Xalq va virtual qabulxonasi orqali 367 ta hamda 134 ta murojaat boshqa instantsiyalar orqali kelgan.

  Joriy yilning yanvar-mart oyida murojaatlar soni oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 58 foizga, shu jumladan, mart oyida oʼtgan oyga nisbatan 16 foizga kamaydi.

  Xususan, oʼtgan mart oyida kelib tushgan murojaatlarning 169 tasi (33,7 foizi) imtiyozli va 94 tasi (18,8 foizi) boshqa kreditlar ajratilishi bilan bogʼliq hamda 238 tasi (47,5 foizi) boshqa toifadagi masalalar hisoblanadi.

  Shuningdek, murojaatlar kelib chiqishiga sabab boʼlayotgan omillarni bartaraf etishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga amalga oshirilayotgan islohotlarni toʼlaqonli yetkazib borishga eʼtibor qaratilmoqda.

  Shu bilan birga, belgilangan grafikka asosan shaxsiy va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 2022-yil 1-yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash toʼgʼrisida ma'lumot

  2022-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslardan bank Bosh ofisiga kelayotgan murojaatlar soni oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 4725 taga yoki 60 foizga, shuningdek, joriy yilning iyun oyida oʼtgan yil shu davriga nisbatan 814 taga yoki 65 foizga kamaydi.

  Oʼtgan davrda bankka jami 3211 ta, shundan 2437 ta Prezident Xalq va virtual qabulxonasi, 67 ta Vazirlar Mahkamasi, 160 ta Bosh prokuratura, 226 ta Markaziy bank hamda 321 ta boshqa instantsiyalar orqali kelib tushgan.

  Xususan, bankka kelgan murojaatlarning 1334 tasi (41,5 foizi) imtiyozli va 478 tasi (14,9 foizi) tijorat kreditlari ajratilishi, 508 tasi (15,8 foizi) bank xodimlarining xatti-harakatlari hamda 198 tasi (6,2 foizi) kredit muddatini uzaytirish va 693 tasi (21,6 foizi) boshqa turdagi masalalardir.

  Oʼtgan 1-yarim yillikda 3149 ta murojaat koʼrib chiqilib, 2234 tasi yoki 70,9 foizi qanoatlantirilgan va huquqiy maʼlumot berilgan boʼlsa, 552 tasiga yoki 17,5 foiziga tushuntirish berilgan hamda 363 tasi yoki 11,5 foizi rad etilgan.

 

Joriy yilning iyul oyida murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida

   Murojaatlar sonini kamaytirish, ular bilan ishlash natijadorligini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. 

   Joriy yilning iyul oyida Bosh ofis va mintaqaviy filiallarning murojaatlar bilan ishlash masʼul xodimlari malakasi oshirildi.

     Belgilangan grafikka asosan joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor qabullar tashkil etildi.

    Bankda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, xususan, xizmatlar soni kengaytirilib, takomillashtirib borilishi, kreditlar ajratishda inson omilining cheklanishi kelayotgan murojaatlar soni kamayishiga olib kelmoqda. 

    Xususan, bank Bosh ofisiga joriy yilning iyul oyida:

   423 ta murojaat tushgan bo‘lib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 730 taga yoki 63 foizga kamayishi kuzatildi. joriy yilning iyun oyiga nisbatan 17 taga kamaydi;

    Bankning Romitan, Kosonsoy va Bulung‘ur filiallari hamda Kogon va Uchquduq bank xizmatlari markazlari bo‘yicha birorta ham murojaat tushmadi.

  Àholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan murojaatlar soni Qashqadaryoda 38 taga, Navoiyda 8 taga, Xorazmda 3 taga hamda Toshkent shahrida 8 taga ko‘paygan.

   Murojaatlar asosan kredit ajratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 155 ta (37 foiz), bank xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 82 ta (19,3 foiz), bank kartalaridan kredit uchun to‘lovlarning undirilishi yuzasidan 52 ta (12,2 foizi) murojaatlar kelgan.

   Tahlillarga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik subyektlari quyidagi obyektiv-subyektiv holatlar yuzaga kelishi sababli turli instantsiyalarga murojaat qilishiga olib kelmoqda.

   Birinchidan, ayrim filiallarda resurs bazasining shakllantirishda avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarni undirish talab darajasida tashkil qilinmasligi tufayli ijtimoiy va tijorat kreditlaridan foydalanish buyurtmalarini o‘z vaqtida qondirish imkoniyati chegaralanib qolmoqda.

   Ikkinchidan, oilaviy tadbirkorlik doirasida fuqarolar tomonidan arizalarni yagona elektron platformaga kiritish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar va ularni tuzatish maʼlum vaqt talab qilishi kredit buyurtmalarini o‘z vaqtida qondirish imkoniyatini bermayapti.

  Misol uchun, har kuni kredit buyurtmachi-fuqarolar platformaga kiritilgan arizalar rekvizitlarini, ayniqsa, mahsulot yetkazib beruvchilarni o‘zgartirib berish, kredit olish shaklini naqd yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratish va hokazolarni oʼzgartirishni soʼrab bank filiallaridan Bosh ofisga murojaatlar kelib tushmoqda.

  Ushbu o‘zgartirishlarni kiritish o‘z-o‘zidan kredit ajratish jarayonining cho‘zilib ketishiga va fuqarolarning noroziligiga hamda turli instantsiyalarga murojaat qilishiga olib kelmoqda.

  Uchinchidan, aksariyat hollarda hokim yordamchisidan tavsiyanoma olish tartibidan bexabar fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka yoki turli instantsiyalarga murojaat qilishi ularning sonini ortishiga olib kelmoqda.

  Toʼrtinchidan, so‘ndirilmagan kredit qarzdorligi yoki yomon kredit tarixiga ega, garov taʼminoti yetarli bo‘lmagan potensial kredit oluvchilarga hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanoma berilmasa-da, ushbu fuqarolar turli instantsiyalarga murojaat qilishni davom ettiryapti.

   Bu ham o‘z navbatida murojaat sonining ortishiga olib kelmoqda.

   Beshinchidan, maʼlumki, “Genesis innovation” tizimi orqali fuqarolarning bank kartasi qaysi bankda ochilgan bo‘lishidan qat‘iy nazar (o‘zining olgan krediti uchun yoki kafilning hisobidan) mablag‘ yechilmoqda.

   Biroq fuqarolar aksariyat holatlarda “Bank plastik kartam boshqa bankdan ochilgan bo‘lsa, nega yechib olding?” degan mazmunda murojaat qilishi ham murojaatlar soni ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

  Oltinchidan, hududiy bo‘linmalarda xizmat ko‘rsatish standartlari va etikasiga rioya etilmasligi, byurokratik, sansolarlik va qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari ham o‘z navbatida aholi va tadbirkorlarning bank xizmat ko‘rsatish faoliyatidan norozi bo‘lib, yuqori instantsiyalarga murojaat qilishiga olib kelmoqda.

   Kelgan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi (huquqiy maʼlumot berish orqali ijobiy hal qilingan bilan birga) o‘tgan iyul oyida 77 foizni tashkil qildi.

Valyutalar kursi

26.08.2022 holatiga ko’ra

Sotib olish Sotish O’zR MB
USD 10920.00 10970.00 10915.65
EUR 10500.00 11600.00 10912.38
GBR 12600.00 13500.00 12918.67
JPY 77.00 90.00 79.99

Valyutalar konvertori